Aqlli qo’lqop yaratildi

Cover Image for Aqlli qo’lqop yaratildi

MITning Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari tomonidan sensorli ko’rsatmalarni olish, ko’paytirish va uzatish imkoniyatiga ega aqlli qo’lqop ishlab chiqarildi.

Mazkur qo’lqop inson terisiga o’xshash xususiyatlarga ega bo’lib, ehtiyotkorlik talab etiladigan vazifalarni bajarish imkonini beradi.

Ta’kidlash joizki, hozirda tadqiqot guruhi ushbu qo’lqopni takomillashtirish ustida ish olib bormoqda.