“Aloqa tarixi” muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi

Cover Image for “Aloqa tarixi” muzeyiga ekskursiya tashkil qilindi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari ishtirokida Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko’chasida joylashgan “Aloqa tarixi” muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

Tashkil etilgan ushbu ekskursiya xodimlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish va ularni aloqa sohasidagi texnologiyalar bilan tanishtirishdan iborat.

Sayohat davomida ishtirokchilar muzeyda joylashgan aloqa sohasidagi ilk kashfiyotlar, televizion hamda signal uzatish texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, xodimlarni qiziqtirgan savollarga muzey mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.