Akademik Boris Anisimovich Bondarenkoning 100 yilligiga bag’ishlangan ilmiy seminar bo’lib o’tdi

Cover Image for Akademik Boris Anisimovich Bondarenkoning 100 yilligiga bag’ishlangan ilmiy seminar bo’lib o’tdi

Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, akademik Boris Anisimovich Bondarenkoning 100 yilligiga bag’ishlangan xalqaro ilmiy seminar bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Boris Anisimovich Bondarenkoning kibernetika sohasiga qo’shgan hissasi va hayot yo’li yaqin shogirdlari hamda professor-o’qituvchilar tomonidan xotirlandi.

Xususan, Akademik Mirzoyan Kamilov so’zga chiqib, olimning o’ziga xos jihatlari haqida alohida ma’ruza qildi. Shu jumladan, F. Nuraliyev va S. Tastanovlarning akademik haqida bildirgan fikrlari kuzatuvchilarning e’trofiga sazovor bo’ldi.