10 santimetr aniqlikdagi navigatsiya tizimi yaratildi

Cover Image for 10 santimetr aniqlikdagi navigatsiya tizimi yaratildi

Delft Texnologiya Universiteti, Vrije Universiteit Amsterdam va VSL tadqiqotchilari shahar sharoitida GPSga qaraganda qulay va aniq joylashuv tizimini ishlab chiqdi. Ushbu yangi mobil tarmoq belgilangan manzilni boshqa tizimlarga nisbatan 10 santimetrga aniq ko’rsatadi.

Ushbu tizim AQSh GPS va YeI Galileo kabi global navigatsiyalar kabi sun’iy yo’ldosh tizimlariga tayanadi. Ammo, sun’iy yo’ldoshlarga bog’langan mazkur tizimlar o’zining cheklov va zaif tomonlariga ega.

Ma’lumot o’rnida aytish joizki, radio signallari Yerda qabul qilinganda kuchsiz bo‘ladi. Agar radio signallari binolar tomonidan to‘sib qo‘yilgan bo‘lsa, aniq joylashuvni belgilab bo’lmaydi. Shuningdek, navigator odatdagidan ko’ra kattaroq tarmoqli radio signallardan foydalanadi.