Xitoy va Braziliya tadqiqotchilari tomonidan “CyberDog” deb, nomlangan sun’iy intellektga ega robot yaratildi. Mazkur robot har qanday muhit, harorat va turli notekis yerlarda qidiruv vazifasini bajarish imkoniyatiga ega.
“Pest Management Science” jurnalining xabar berishicha, ushbu robot zararli hasharotlarga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi. Dastlab, tadqiqot guruhi robotdan katta dala maydonlarida xavfli qizil chumolilarning uyalarini qidirishda foydalandi va yuqori samaradorlikni qayd etdi.
Ma’lumot uchun, qizil chumolilar eng xavfli hasharot bo’lib, dastlab, 1930-yillarda AQShda aniqlangan. Keyinchalik Xitoy, Yaponiya va Evropada keng tarqalgan.