Xitoy fan va texnologiya universiteti tadqiqotchilari tomonidan insonlarning yurak urishini tekshiradigan robot barmoq yaratildi.
“Cell Reports Physical Science” jurnalining xabar berishicha, ushbu robot barmoq shifokorlarga ko’krak bezi saratoni kabi kasalliklarni aniqlash va davolashga yordam berishi mumkin.
“Mazkur texnologiyaning imkoniyatlarini yanada rivojlantirish orqali biz kelajakda kasalxonalarda ushbu “Robotdoktor” dan to’liq foydalanish imkoniyatini yaratamiz” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Hongbo Vang.
Ma’lumot uchun, tadqiqot guruhi ushbu innovatsion barmoqni sensorli robot qo’llarga joylashtirishni rejalashtirmoqda.