YUNESCO tashkiloti hamda Bahrayn qirolligi tomonidan tanlov e’lon qilindi
YUNESKO tashkiloti tomonidan “Ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish” nomli YUNESKO hamda Hamid bin Isa Al-Xanifa mukofoti tanlovi e’lon qilindi.
Tanlov mavzusi “Ekologik ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanish” bo‘lib, dunyo miqyosida 2 ta innovatsion loyiha tanlanib, 25 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ bilan taqdirlanadi.
📝 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar www.unesco.org/ict-ed-prize/register ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.
📝 Hujjatlar joriy yilning 23-yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.
➡️Batafsil ma’lumot uchun: www.unesco.org/en/prizes/ict-education
Eslatib o‘tamiz, mazkur mukofot Bahrayn Qirolligi tomonidan 2005-yilda ta’sis etilgan bo‘lib, ta’lim imkoniyatlarini oshirish uchun yangi texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.