Carnegie Mellon, Google DeepMind va Vashington universiteti tadqiqotchilari tomonidan uy ishlarini bajarishda yordam beradigan to’rt oyoqli robot namoyish qilindi.
Mazkur robotning oldi oyoqlariga maxsus ishlab chiqilgan yengil manipulyatorlar o’rnatilgan bo’lib, u eshik ochish, ichimlik quyish hamda mobil qurilmalarni zaryadlash kabi vazifalarni bajaradi.
Dastlab, tadqiqotchilar mazkur robotni bog’cha yoshidagi bolalar uchun taqdim etdi va ular robot bilan muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ldi.
“Ushbu robotning o’ziga xosligi shundaki, u ixcham, yengil hamda arzon hisoblanadi” deb, ta’kidladi tadqiqotchi Ding Chjao.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar mazkur robot bilan robototexnika va avtomatlashtirish bo’yicha “IEEE” xalqaro konferentsiyasida ishtirok etishni maqsad qilgan.
Saidova Bahora tayyorladi