“Yong’in xavfsizligi va fuqaro himoyasi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

Cover Image for “Yong’in xavfsizligi va fuqaro himoyasi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi

Respublikamiz bo’ylab 2024-yilning 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar oʻtkazilayotgan “Yong’in xavfsizligi oyligi” doirasida bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining faollar zalida “Yong’in xavfsizligi va fuqaro himoyasi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi profilaktika va nazorat bo’linmasi katta inspektori, katta leytenant B.Abdujabborov tomonidan yong’in xavfsizligi hamda favqulodda holatlarda to’g’ri harakatlanish bo’yicha zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, sovuq kunlarda ehtiyotsizlik natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan yong’inlar va ularni bartaraf qilish bo’yicha tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tayyorlangan is gazidan zaharlanishning salbiy oqibatlari va unga qarshi profilaktik choralar ko’rish bo’yicha videorolik namoyish etildi.