Pensilvaniya universiteti tadqiqotchilari inson tanasining immun tizimida uchraydigan autoimmun kasalliklarini aniqlashi mumkin bo’lgan sun’iy intellekt algoritmini ishlab chiqdi.
Jamoa ushbu algoritmni autoimmunga chalingan 14 nafar bemorda sinovdan o’tkazdi va natijada algoritm zararli hujayralarni topishga muvaffaq bo’ldi.
“Mazkur algoritm kasallik alomatlarini yuqori darajada aniqlasa, biz autoimmunga chalingan bemorlardagi muammoni ijobiy tomonga o’zgartira olamiz” deb, qo’shimcha qildi tadqiqotchi Dajiang Liu.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqot guruhi ushbu sun’iy intellekt algoritmining imkoniyatlarini yanada takomillashtirishni maqsad qilgan.
Choriyeva Charos tayyorladi.