Yangi modellashtirilgan tadqiqot Alyaskadagi nasosli gidroenergetika imkoniyatlarini tahlil qildi

Cover Image for Yangi modellashtirilgan tadqiqot Alyaskadagi nasosli gidroenergetika imkoniyatlarini tahlil qildi

AQSH Qishloq xoʻjaligi departamenti maʼlumotlariga koʻra, hududi boʻyicha mamlakatning eng yirik shtatlaridan biri boʻlgan Alyaskada bo’ron ta’sirining kuchayishi, abadiy muzliklarning erishi kabi ko’plab tabiiy o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda.

Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, mazkur hududda sodir bo’lyotgan o’zgarishlar energiya ehtiyoji muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, Argon olimlari gidroenergetika tizmini yanada yaxshilash maqsadida ergiya tizimini rejalashtirish uchun integratsiyalashgan simulyatsiya tizimidan foydalangan holda yangi modellarni ishlab chiqdi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu modelni yaratishda energiya uzatishning o’tgan va hozirgi holati hamda kelgusi 25 yil ichida kutilayotgan talabning umumiy o’sishini tahlil qilishdi. Xususan, olimlar yaratilgan model nafaqat elektr tizmining muqobilligini balki tejamkorligini oshirishga ishonadi.