Xitoyda qarish ko’rsatkichlarining yuqoriligi sabab raqamli qabristonlar yo’lga qo’yilmoqda. Bu haqda “Business insider” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyda dafn marosimiga o’rtacha 5 ming 400 AQSH dollar sarflanadi. Bu esa o’rtacha yillik ish haqining 45 foizini tashkil qiladi. Mamlakat poytaxti Pekinda an’anaviy dafn qilish xarajatlari bundan ancha qimmatroq. Ammo, shahardagi “Taiziyu” qabristonida raqamli qabrlar yo’lga qo’yilgan bo’lib, 7 ming 700 AQSH dollardan oshmaydi. Mazkur qabristonda inson kullarni saqlash uchun bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning eshiklarida marhumlarning raqamli suratlari va videolari ham ko‘rsatiladi.
Shuningdek, bunday qabristonlar ortiqcha joyni tejaydi. Masalan, taxminan 64,5 metr kvadrat maydondagi raqamli qabristonga 150 dan ortiq qabr joylashishi mumkin. Bu o’lchamdagi yerga an’anaviy qabrlarning faqat 6 tasini sig’dirish mumkin.