Xiomi navbatdagi robo-itni namoyish etdi

Cover Image for Xiomi navbatdagi robo-itni namoyish etdi

Xiaomi kompaniyasi o’zining CyberDog 2 deb nomlangan robo-itning ikkinchi avlodini namoyish etdi. CyberDog 2 buyruqlarni bajarishi, yurishi, salto harakatlarini amalga oshirishi hamda skeytbord minishi mumkin. Shuningdek robotda, RGB va sun’iy intellektli kamera, ultratovush va to’rtta ToF sensori, jami hisobda 19 ta sensor paneli mavjud. Mazkur robotning og’irligi 8,9 kg, uzunligi 36,7 smga teng bo’lib narxi esa 1784 $ ni tashkil etadi.