Milliarder, texnologiya magnati Ilon Mask investorlarga oʻzining sunʼiy intellektga oid “xAI” startapini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun “gigafactory of compute” deb, nomlangan superkompyuter qurishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qildi.
“Ushbu superkompyuter bugungi kunda mavjud bo’lgan eng yirik GPU klasterlaridan 4 barobar kattaroq bo’ladi” deb, ta’kidladi Mask.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, Mask 2025-yilning kuziga qadar 100 000 ta “Nvidia” chiplarini birlashtirgan superkompyuterni ishga tushirishni rejalashtirgan.
Abduraimova Mohina tayyorladi.