Xitoyning “Unitree Robotics” kompaniyasi uy hayvonlarining o’rnini bosuvchi Go2 aqlli robotini taqdim etdi. Bu haqda “Science Times” nashri ma’lum qildi. Mazkur robot qidiruv-qutqaruv operatsiyalarida, kuzatuv missiyalarida, yetkazib berish xizmatlarida ham foydalanish mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu qurilma haqiqiy it kabi dumini likkillatish, raqsga tushish va ikki oyoqda turish kabi ajoyib qobiliyatlarni namoyish qiladi. Shuningdek, robot kuchuk zinapoyaga chiqish, musiqa qo’yish va hatto, suratga olib, ularni egasining telefoniga jo’natish imkoniyatiga ega.
Tadqiqotchilarning so’zlariga ko’ra, ushbu robot ilm-fandagi yuqori texnologiyali yutuqning yorqin namunasi va kelajakda sun’iy intellekt ommalashadigan hayotning ajralmas qismi bo’ladi.