Universitet talabalari sunʼiy intellektga yozdirgan inshosi uchun aʼlo baho oldi

Cover Image for Universitet talabalari sunʼiy intellektga yozdirgan inshosi uchun aʼlo baho oldi

Buyuk Britaniyaning Kardiff universiteti talabalari ChatGPT yordamida yozilgan insho uchun yuqori baho oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, BBC nashriga intervyu bergan talabalardan biri sunʼiy intellekt yordamida tajriba oʻtkazgani haqida hikoya qilib bergan. Ismi sir qolishini istagan yigit yanvar oyida 2500 ta soʻzdan iborat ikkita insho yozgan. Ulardan birini esa ChatGPT yordamida tayyorlagan. U oʻzi yozgan inshosi juda past – 2,1 ball olgani, sunʼiy intellekt yaratgan insho uchun esa eng yuqori ballga loyiq koʻrilgan.

Yaqinda Kardiff universitetiga berilgan axborot erkinligi boʻyicha soʻrovda 2023-yil yanvar oyidagi baholash davrida universitetning shaxsiy Wi-Fi tarmoqlarida ChatGPT saytiga 14 443-marta tashrif buyurilganligi aniqlandi. Vaholanki, bir oy oldin bu koʻrsatkich nolga teng boʻlgani qayd etilgan.