BMTning ta’lim, fan va madaniyat bo’yicha tashkiloti UNESCO butun dunyo bo’ylab maktablarda smartfonlardan foydalanishni taqiqlashga chaqirdi.
Qayd etilishicha, UNESCO bunday qurilmalar o’quvchilarni o’qishdan chalg’itishi, ularning ruhiy salomatligi hamda shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga oid muammolarni keltirib chiqarishi sabab bo’lishini ta’kidlagan.
Hisobotlar shuni ko’rsatadiki, har to’rt mamlakatdan birida dars paytida smartfondan foydalanish allaqachon taqiqlangan. Masalan, Singapur va Bangladeshda sinflarda smartfonlardan foydalanish man etilgan, ammo maktab miqyosida bunday cheklov yo’q.