To’rt oyoqli robotning imkoniyatlari kengaytirildi

Cover Image for To’rt oyoqli robotning imkoniyatlari kengaytirildi

Xitoyning Unitree kompaniyasi tadqiqiotchilari tomonidan yaratilgan “G1” robotining imkoniyatlari kengaytirildi. Endilikda robot 1,4 metrgacha uzunlikka sakrash imkoniyatiga ega.

Joriy yilda taqdim etilgan ushbu robot, boshqalaridan yuqori harakatchanligi bilan farq qiladi. Xususan, robotning bo’g’imlari 360°ga aylanib, maksimal burilish tezligi 120 Nm’ni tashkil etadi.

Ma’lumot o’rnida, robotning balandligi 1,32 metr bo’lib, 9000mA/soat sig’imli batareya uning 2 soat mustaqil harakatlanishini ta’minlaydi.