Xitoyning Pekin Gumanoid Robot Innovatsiya Markazi robototexnika tadqiqotchilari tomonidan to’liq elektr quvvatida ishlashga qodir bo’lgan inson ko’rinishidagi robot namoyish etildi.
“Tiangong” deb, nomlangan ushbu robotning bo’yi 2,5 metr, og’irligi esa 43 kilogrammni tashkil etadi, shuningdek u yuqori tezlikda elektr quvvatida ishlaydi va inson kabi harakatlanish, murakkab vazifalarni aniq bajarish hamda 3D formatda ko’rish imkoniyatiga ega.
Ma’lumot o’rnida, tadqiqot guruhi ushbu gumanoid robotdan maishiy xizmat ko’rsatish, sanoat va tijorat maqsadlarida foydalanishni rejalashtirgan.