“Texnika asrida gazetalarning o’rni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Cover Image for “Texnika asrida gazetalarning o’rni” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Bugun Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining majlislar zalida “Texnika asrida gazetalarning o’rni” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan davriy matbuot va ularning yo’nalishlari, gazeta mutolaasining foydali tomonlari haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Xususan, UZINFOCOM tomonidan ishga tushirilgan “E-Obuna” platformasi orqali mamlakatimizdagi davriy nashrlarga obuna bo’lish imkoniyati yaratilganligi, shuningdek, ushbu platforma yordamida gazetalar haqidagi barcha zarur ma’lumotlarni olish mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Davra suhbati so’ngida, ishtirokchilar mutolaa va kitobxonlik madaniyatini shakllantirish bo’yicha o’zaro fikr almashdi.