Tadqiqotchilar tomonidan meduzasimon robot yaratildi

Cover Image for Tadqiqotchilar tomonidan meduzasimon robot yaratildi

So’ngi o’n yil ichida robot ixtirochilari tabiat va tirik organizmlardan ilhomlanib, tobora murakkab robotlarni ishlab chiqarishni keng yo’lga qo’ymoqda.

Xususan, Hindiston Indore texnologiya instituti va Hindiston texnologiya instituti Jodhpur boshchiligidagi bir guruh tadqiqotchilar, meduzaga o’xshash robotni yaratishdi. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra ushbu robot, suv osti muhitni kuzatish orqali ko’plab muammolarni hal qilishda yordam beradi.

Shuningdek, meduzasimon robot yumshoq, moslashuvchan va juda yengil, og’irligi 45 grammni tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu robot hamyonbob va uni osongina yasash mumkin. Dastlabki sinov jarayonida robot gorizontal ravishda 10 mm/s tezlikda va vertikal ravishda 0,2 mm/s tezlikda samarali suzdi. Shuni ta’kidlash joizki, mazkur robot suv ostida harakatlanish davomida suv o’tkazmaydi hamda istalgan obyektni aniqlashi uchun bortli kamera bilan jihozlangan.