Kanzas universiteti tadqiqotchilari tomonidan o’tkazilgan izlanishlar natijalariga ko’ra SI tizimiga asoslangan reklamalar ijobiy ta’sir ko’rsatishi darajasi boshqa reklamalarga qaraganda kuchliroq ekani aniqladi. Bu haqida “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Tajriba jarayonida olimlar 1000 dan ortiq reklamalarni tahlil qildi va ular iste’molchilarga ijobiy ta’sir ko’rsatish uchun ataylab jalb qilish texnologiyalariga tayanishi ma’lum bo’ldi.
Mutaxassislarning fikriga ko’ra, SI tomonidan yaratilgan dasturiy reklamalar ham inson tomonidan yaratilgan reklamalarga qaraganda ancha tezroq ishlab chiqariladi. Shuningdek, SI tizmiga asoslangan reklama ijodiy optimallashtirilishi an’anaviy reklamalarga qaraganda ancha samarali bo’lishi mumkinligini ko’rsatdi.