Tadqiqotchilar CT skanerlaridan foydalanib 125 ming yil muqaddam yashab o’tgan spinozavr miya ta’svirlarini qayta tikladi

Cover Image for Tadqiqotchilar CT skanerlaridan foydalanib 125 ming yil muqaddam yashab o’tgan spinozavr miya ta’svirlarini qayta tikladi

Sautgempton va Ogayo universitetlari tadqiqotchilari CT skaneridan foydalanib spinozavrning miyasi va ichki quloqlarini qayta tikladilar va bu yirik yirtqich dinozavrlarning atrof-muhit bilan qanday o’zaro ta’sirini aniqlashga doir ma’lumotlarni taqdim etdilar deya xabar berdi “phys.org” sayti o’zining rasmiy sahifasida.

Ma’lumot uchun spinozavrlar timsohga o’xshash jag’lari va konussimon tishlari bilan jihozlangan teropod dinozavrlarining noodatiy guruhiga mansubdir. Olimlar tadqiqot jarayonida kompyuter tomografiyasidan foydalanib spinozavr suyaklarini tahlil qildilar va mashinani o’rganish tizimi yordamida uning miya faoliyatidagi ehtiyojlarini aniqladilar.