Tadqiqotchilar avtomatlashtirilgan avtoturargohi loyihasini ishlab chiqdi

Cover Image for Tadqiqotchilar avtomatlashtirilgan avtoturargohi loyihasini ishlab chiqdi

Rutgers universitetining ikki tadqiqotchisi Teng Guo va Jingjin Yu shaharlardagi avtoturargohi sig‘imini oshirishi mumkin bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqdi.

Ta’kidlanishicha, shaharlarda va aholi zich yashaydigan joylarda ushbu tizim samaradorligi yuqori baholanadi. Shu jumladan, tirbandlikni kamaytirish hamda tashkilotlarni avtomabil to’xtash joyini tartibga solishga yordam beradi.

Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, ushbu avtomabil turargohi dizayni bir necha yil oldin Xitoyning Chongqing shahrida o’rnatilgan 20 qavatli avtoturargohdan, shuningdek, o’tmishda joriy qilingan boshqa avtomatlashtirilgan tizimlaridan ilhomlanib yaratilgan.