Milliy standartlar va texnologiyalar instituti tadqiqotchilari tomonidan egri sirtlarda naqshlarni chop etishning yangi usuli namoyish etildi. “REFLEX”- deb nomlangan ushbu texnika mikrosxema naqshlarini materialning kerakli joyida chizish imkonini beradi.
Mazkur texnikadan foydalanib ignaning o’tkir uchida va inson sochining tolasida ” Nist” so’zini oltin harflar bilan yozishga muvaffaq bo’lishdi. Ushbu texnika barcha sohalarda yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Xususan, elektronika, optika, biotibbiyot va muhandislik sohalarida qo’l keladi.