Portugaliyadagi Interaktiv Texnologiyalar instituti tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko’ra o’smirlar muzeylarni ashaddiy ishqibozlari emas, balki tashrif davomida interaktiv texnologiyalarga qiziqadi deya xabar berdi “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida.
Tadqiqot Funchal tabiiy tarix muzeyi bilan hamkorlikda 15 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan 155 nafar o‘smir ishtrokida dizayn mashg‘ulotlari o‘tkazdi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, o’smirlar uchun interaktiv texnologiya dizaynlaridan foydalanish jarayoni qiziqarli va taassurotlarga boy bo’lgan.
Mashg’ulotlar jarayonida o’smirlar mobil qurilmalari yordamida eksponatlar haqida hikoya yaratishdi. Xususan, ushbu yondashuv ishtrokchilarda raqamli interaktiv texnologiyalarga asoslangan ko’rgazmalarga bo’lgan ehtiyoj yuqori ekanligini ko’rsatdi.