Tadqiqot natijalari internet foydalanuvchilarning beshta spektrini taqdim etadi

Cover Image for Tadqiqot natijalari internet foydalanuvchilarning beshta spektrini taqdim etadi

Surrey universiteti tadqiqot natijalariga ko‘ra, 24 yoshgacha bo’lgan foydalanuvchilar kuniga o‘rtacha olti soat vaqtlarini internetda o‘tkazadilar. Shuningdek, 24 yosh va undan kattalar esa kun davomida 4-6 soat vaqt sarflaydi. Olimlar jami 796 ishtirokchilarning internetda qancha vaqt davomida foydalanishi mumkinligini beshta spektrga ajratib ko’rsatdi:

➡️Tasodifiy foydalanuvchilar(14,86%). Ma’lum vaqt davomida kerakli vazifalarini bajargandan so’ng internetdan chiqib ketadi. Bunday holat asosan 33 yoshdan kattalarda sodir bo’ladi.

➡️Dastlabki foydalanuvchilar(22.86%). Bu toifa vakillari 26 yosh va undan kattalar bo’lib, ular o’zlari rejalashtirganidanda ko’proq vaqtlarini internetga sarflaydilar. Ammo, ular o’zlarini qaram deb, hisoblamaydilar.

➡️Eksperimentchilar (21,98%). Ushbu guruh internetga ulanmagan holatda o’zlarini noqulay his qiladilar shuningdek, barcha yangi ilovalarni sinovdan o’tkazib ko’rishadi. Bu hodisa asosan 22-24 yoshdagi foydalanuvchilarda kuzatiladi.

➡️Internetga qaram bo’lmagan foydalanuvchilar (17.96%). Bu toifa o’zlarini internetdan foydalanmayotgan vaqtda noqulay bo’lishlarini tan olmaydilar.

➡️ Internetga “giyohvand” singari qaram bo’lgan foydalanuvchilar(22.36%). Bu guruh internetsiz hayotni tasavvur qila olmasligini ochiq tan oladi.

Siz qaysi toifaga mansubsiz?