Cal State Fresno universitetining elektrotexnika va kompyuter muhandislari tomonidan piyodalarning yo’lni xavfsiz kesib o’tishiga yordam beradigan robot ishlab chiqildi.
“CrossBot” deb, nomlangan ushbu robot sensor, radar, videokamera va dinamik tizimlar bilan jihozlangan. Mazkur robot avtomobillar yaqinlashganda och qizil, ular mavjud bo’lmaganda esa yashil rangga o’zgarib, svetofor vazifasini bajaradi. Shuningdek, u ko’zi ojiz insonlarga xavf haqida oldindan ogohlantirish imkoniyatiga ega.
Tadqiqotchi Xovannes Kulhandjian boshchiligidagi jamoa mazkur innovatsion robotni maktab o’quvchilari o’rtasida sinovdan o’tkazdi. Natijada, u 90% aniqlikni qayd etdi.
Ma’lumot uchun, “CrossBot” dan kelgusida svetoforlar o’rnatilmagan xavfli hududlarda foydalanish rejalashtirilgan.
