Singapur Milliy universiteti tadqiqotchilari suv osti robototexnika sohasini rivojlantirish maqsadida sakkizoyoq prototipi asosidagi robotni ishlab chiqdi.
Tadqiqotchi Yiyuan Chjanning ta’kidlashicha, robot sakkizta qo’ldan tashkil topgan bo’lib, ular soyabonga o’xshash innovatsion mexanizm orqali boshqariladi. Shuningdek, uning tezligini oshirish maqsadida ikkita dvigatel ham o’rnatilgan. Ushbu texnologiya boshqa suv osti robotlariga nisbatan murakkab tuzilishga ega bo’lib, ko’p energiya talab qilmaydi.
Ma’lumot uchun, tadqiqotchilar kelajakda robotdan suv osti tadqiqotlari, atrof-muhitni kuzatish hamda qidiruv-qutqaruv kabi sohalarda foydalanishni maqsad qilgan.