Chjetszyan ilmiy-texnika universiteti va Esseks universiteti tadqiqotchilari suv osti dunyosini o’rganish uchun mo’ljallangan robotni ishlab chiqdi.
Mantis qisqichbaqalaridan ilhomlanib yaratilgan ushbu robot suv osti dunyosini o’rganishga imkon beradi shuningdek, egiluvchanlik xususiyati tufayli to’siqlarni yengib o’ta oladi.
Xususan, tadqiqotchilar ushbu robotlarning prototipini sinovdan o’tkazishdi. Robotlarning maksimal tezligi 0,28m/s va minimal burilish radiusi 0,36 mga yetishi aniqlandi. Ma’lumot o’rnida, tadqiqotchilar ushbu robotlarning yangi versiyasi ustida ish olib bormoqda.