Sun’iy intellektga ega Microsoft Surface kompyuteri 2024-yildan ishlab chiqarilishi kutilmoqda

Cover Image for Sun’iy intellektga ega Microsoft Surface kompyuteri 2024-yildan ishlab chiqarilishi kutilmoqda

Kompaniya mutaxassislari bergan ma’lumotlarga ko’ra, hozirda ekspertlar kompyuter dasturiy ta’minotni to’g’ridan-to’g’ri “Windows”ga o’rnatilgan neyrotarmoqlar bilan ishlay olishi uchun moslashtirmoqda. Xususan, endilikda “Excel” barcha formulalarni eslab qoladi, “Word” matnlarni o’zi yozadi, “Bing” esa to’g’ridan-to’g’ri ish stolingizda bir necha soniyada rasmlar yarata oladi.

Neyron tarmoqlar shov-shuvli texnologiyadan ommaviy mahsulotga aylanmoqda. Bir necha yildan so’ng, neyrotarmoqlardan foydalanish barcha uchun odatiy holatga aylanadi.