Google kompaniyasi sun’iy intellektga nisbatan o’sib borayotgan talabni qondirish uchun Buyuk Britaniyadagi ma’lumotlar markazini namoyish etdi.
Mazkur ma’lumotlar markazi binosi Uoltham Kross shahridagi 33 gektar yer maydonini egallaydi hamda foydalanuvchilar uchun SI innovatsiyalari va raqamli xizmatlarni qo’llab-quvvatlash imkoniyatini beradi.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, Google kompaniyasi ushbu ma’lumotlar markaziga 1 milliard dollar sarmoya kiritishini e’lon qildi. Olimlarning taxminlariga ko’ra ushbu markaz insonlarning sun’iy intellektga bo’lgan talablarini qondira oladi.