Xitoyning Hefei instituti tadqiqotchilari tomonidan sun’iy intellektga asoslangan qutqaruv tizimi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda, baxtsiz hodisalarning oldini olish jamoatchilikning dolzarb muammosiga aylanib bormoqda. Tadqiqotchi Yu Daoyang jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu SI qutqaruv tizimi inson hamda qayiqlarning cho’kish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.
Ushbu tizim inson va transport harakatlanishi cheklangan hududlarni nazorat qiladi. Kuzatuv jarayoni yuqori aniqlikda amalga oshiriladi va tizim 7 ta kamera orqali olingan tasvirlarni tahlil qiladi. Shuningdek, taqiqlangan hududlardagi harakatlanishlarni aniqlaydi va ogohlantirish beradi.
Tadqiqot guruhi tizimni avtonom boshqariladigan kemalarga o’rnatib, suv havazalarida sinovdan o’tkazishni maqsad qilgan.
Abdurahmonov Zaynddin tayyorladi.