Google kompaniyasining “DeepMind” loyihasi muhandislari tomonidan sun’iy intellektga asoslangan ikkita qo’l roboti yaratildi.
Robotlarning biri “Aloha Unleashed”, ikkinchisi esa “DemoStart” deb, nomlangan bo’lib, robotlar asosan kundalik vazifalarni bajarish uchun mo’ljallangan.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha ushbu robotlarga bo’g’in, barmoq va sensorlar o’rnatilgan bo’lib, ular bir qancha sinov mashg’ulotlaridan muvaffaqiyatli o’tdi. Shuningdek, ularga poyabzalni bog’lash, kiyimlarni javonga joylashtirish kabi vazifalar yuklatildi va robotlar yuqori natijalarni qayd etdi.