Sun’iy intellekt yordamida olingan suratlarni o’zgartiradigan kamera ishlab chiqarildi

Cover Image for Sun’iy intellekt yordamida olingan suratlarni o’zgartiradigan kamera ishlab chiqarildi

Snapchat’ning AR bo’limi dizayneri Kayl Gudrich har qanday suratni real vaqtda yaxshiroq hamda o’zgartirib beradigan kamera prototipini namoyish etdi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, DreamGenerator deb nomlangan kamera neyron tarmoqlar yordamida ishlaydi, olingan barcha fotosuratlar Stable Diffusion va ControlNet tomonidan qayta ishlanadi. Ushbu qurilmani 30 ta funksiyasi mavjud bo’lib, xohlagan birini tanlab rasmga olish tugmasini bosish kifoya.

Mazkur qurilma, ixchamligi va neyron tarmoqlardan foydalanish qulayligi bilan insonlarni o’ziga jalb qiladi.