Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan quloqchin yaratildi

Cover Image for Sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan quloqchin yaratildi

Yo’lda harakatlanayotganda yoxud jamoat joylarida quloqchinda qo’shiq tinglayotganingizda tashqi ovozlar sizga xalal beradi. Endilikda ushbu muammoni bartaraf etish mumkin.

Vashington universiteti tadqiqotchilari real vaqt rejimida tovushlarni filtrlash imkonini beradigan quloqchinlarni namoyish etdi. Sun’iy intellekt orqali ishlaydigan ushbu algoritm quloqchinlar orqali olingan ovozlarni smartfonga uzatadi, bu esa keraksiz shovqinlarni yo’q qilish imkonini beradi. Ma’lumot o’rnida, quloqchinda 20 dan ortiq ovozni tanlash imkoniyati mavjud. Tadqiqotchilar quloqchinlarning yangi avlodi ustida ish olib bormoqda.