Sun’iy intellekt qidiruv tizimlari endi biz bilan suhbatlasha oladi ammo, xatolar bor

Cover Image for Sun’iy intellekt qidiruv tizimlari endi biz bilan suhbatlasha oladi ammo, xatolar bor

O’tgan hafta davomida e’lon qilingan maqolalarda sun’iy intellekt qidiruv chatbotlari – “Google”ning “Bard”, “Baidu”ning “Ernie Bot” va “Microsoft”ning “Bing” singari tizimlar haqida ko’plab fikr va mulohazalar yuritildi.

Bugungi kunga kelib millionlab foydalanuvchilar endi “ChatGPT”ni sinab ko’rishlari mumkin. Ammo, e’lon qilingan tizimlar biz uchun kerakli ma’lumotlarni berishda bir qancha kamchiliklarga duch kelmopqda deya xabar berdi “Techxplore.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida.

So’ngi o’tkazilgan tajriba natijalariga ko’ra SI tizimiga asoslangan qidiruv tizimlari savollarga javob berishda jiddiy xatolarga yo’l qo’ygan. Misol uchun “Google”ning “Bard” chatboti NASAning Jeyms Uebb kosmik teleskopi haqida birinchi marta Reuters tomonidan yaratilgan degan xulosani berib jiddiy xatoga yo’l qo’ydi.

“Associated Press” gazetasi “Microsoft”ning “Bing”dan so’nggi 24 soat ichida sportda sodir bo’ladigan eng muhim voqeani so’radi – u basketbol yulduzi Lebron Jeyms Karim Abdul-Jabbarning karerasidagi gol rekordini ortda qoldirgani haqida nimadir aytishi mumkin deya umid qildi. Ammo, buning o’rniga, u bo’lib o’tadigan “Superkubok” haqidagi yolg’onni batafsil so’zlab berdi.