Sun’iy intellekt algoritmlari oshqozonosti bezi saratonini tekshirishi va bemorlarda ushbu kasallikni rivojlanish ehtimolini uch yil oldin aniqlashi mumkin .
Ma’lumotlarga ko’ra, saraton kasalligi inson tanasida asta-sekinlik bilan uzoq yillar davomida rivojlanadi. O’tkazilgan tajriba natijalari SI tizimi inson tanasidagi kasallikning dastlabki belgilari paydo bo’lishi ehtimolini aniq bashorat qildi. Olimlarning bildirgan fikrlariga ko’ra, SI tizmining ushbu sohada qo’llanilishi saraton kasalligini aniqlashdagi sarf-xarajatlarni ikki baravar arzonlashtiradi. Shuningdek, teshiruv natijalarini qisqa fursatda olish imkonini beradi.
Xususan, jamoa bugungi kunda mazkur SI tizimiga asoslangan texnologiyani yanada takomillashtirish borasida tajriba-sinov ishlarini olib bormoqda.