San-Diegodagi Kaliforniyalik o’t o’chiruvchilar o’rmon yong’inlarini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanishmoqda. Bunda muhandislari kameralardan olingan videolar orqali yong’inni aniqlaydigan va mas’ullarni xabardor qiladigan platformani ishlab chiqdi. Bu haqda “Reuters ” nashri ma’lum qildi.
Mutaxassislarning so’zlariga ko’ra, platforma kamera tarmog’idan tashqari ko’plab qo’shimcha ma’lumotlarni to’playdi. Jumladan, kelajakda yong’inlarni keltirib chiqaradigan ulkan o’simliklar miqdorini hamda ularning turlarini aniqlaydi. Qish mavsumida esa u atmosfera qatlamlari va qor uyumlarini o’lchashga qodir. Ta’kidlanishcha, mazkur kameralar 360 darajada aylanadi.