Janubiy Koreyaning “LG” va “Samsung” kabi texnologiya gigantlari sun’iy intellekt texnologiyalarini maktab ta’lim dasturlariga integratsiya qilmoqda.
Qayd etilishicha, “LG” kompaniyasi 2023-yildan boshlab 18 ta maktabni raqamli doskalar va sun’iy intellekt asosida ishlaydigan “GlOi” robotlari bilan jihozladi.
Endilikda, kompaniya Janubiy Koreyada 2025-yilga qadar 5 million maktab o’quvchisi uchun sun’iy intellektga ega raqamli darsliklarni joriy qilishni rejalashtirgan.
Ta’kidlash joizki, “Samsung” kompaniyasi “Never” va “Kakao” ta’lim dasturlarini ishlab chiqib, sohadagi raqobatni yanada kuchaytirdi.