“Sun’iy intellekt: kecha va bugun – rivojlanish va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Cover Image for “Sun’iy intellekt: kecha va bugun – rivojlanish va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi

Bugun O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi binosida “Sun’iy intellekt: kecha va bugun – rivojlanish va imkoniyatlar” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Mazkur davra suhbatida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti AKT startaplarini qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Sh.Yetmishboyev ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning paydo bo’lish tarixi, uning bugungi kundagi imkoniyatlari va kelajakdagi istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar va sohaga qiziquvchi yoshlarning mavzu bo’yicha savollariga batafsil javob berildi.

Ma’lumot o’rnida, ushbu davra suhbati O’zbekiston XDP Markaziy Kengashi Yoshlar sektori tomonidan tashkil etildi.