Buyuk Britaniyaning BMT Bosh Assambleyasi dunyodagi iqtisodiy rivojlanishi past mamlakatlarda SI tizimidan foydalanish dasturini taklif qildi. Bu haqida “Artificialintelligence-news.com” sayti o’zining rasmiy sahifasida xabar berdi.
Ma’lumki, bugungi kunda Buyuk Biritaniya va Kanadaning xalqaro tadqiqot markazi (IDRC) bilan hamkorlikda iqtisodiy rivojlanishi past davlatlarda SI dasturini ishga tushirish loyihasi ustida izlanishlar olib bormoqda. Xususan, ushbu tashabbusning asosiy maqsadi, Afrikada SI tizimi imkoniyatlarini kengaytirish va turli sohalar kesimida rivojlantirishga qaratilgan.
Mutaxassislarning bergan ma’lumotlariga ko’ra, Buyuk Britaniyaning “Kompleks Risk Analytics Fund” fondi mazkur loyihani amalga oshirish uchun 1 million funt sterling sarmoya kiritishni reja qilgan.