Hindistonlik tadbirkor Nandan Nilekani o’zining “People+ai” hamda “Adbhut India” loyihalarini ommaga namoyish etdi.
Ushbu loyiha sun’iy intellektni rivojlantirish uchun mamlakat aholisi hamda infratuzilmani jalb qilishga qaratilgan. Xususan, loyiha doirasida aholini sun’iy intellektdan foydalanish bo’yicha imkoniyatlarini oshirish va ularga qo’shimcha qulayliklar yaratish ko’zda tutilgan.
“Biz dunyo bozorida sog’lom raqobatni rivojlantirish bilan birga SI resurslarni hisoblash uchun ochiq tarmoqni yaratishni maqsad qildik” deb, ta’kidladi loyiha muallifi Nilekani.
Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, tadqiqotchilar mazkur loyiha yordamida 24 ta tashkilot bilan hamkorlik qilishni maqsad qilgan.
Rustamjonova Marjona tayyorladi