Sunʼiy intellektga qarshi chiqqan Ilon Mask shu soha boʻyicha kompaniyaga asos soldi

Cover Image for Sunʼiy intellektga qarshi chiqqan Ilon Mask shu soha boʻyicha kompaniyaga asos soldi

Ilon Mask AQSHning Nevada shtatida sunʼiy intellekt sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyani roʻyxatdan oʻtkazdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mask kompaniyaning direktori sifatida Jared Birchall esa uning kotibi boʻlib roʻyxatdan oʻtkazilgan. Yangi kompaniya nomi Maskning boshqa bir korporatsiyasi X.Corp nomi bilan mos ravishda tanlangan – X.AI Corp.

Shu yilning mart oyida Ilon Mask va bir qancha mutaxassislar umumiy xavfsizlik protokollari yaratilgunga qadar sunʼiy intellekt boʻyicha tajribalarni toʻxtatib turishni soʻrab, ochiq xat yozgan edi. Ular ushbu texnologiya insoniyat uchun xavf tugʻdiradi deb hisoblagan. Oʻshanda OpenAIʻni moliyalashtiruvchi Microsoft kompaniyasi asoschilaridan biri Bill Geyts sunʼiy intellekt texnologiyasi insoniyatga foyda keltirishini va uning rivojlanishini toʻxtatishning hojati yoʻqligini ta’kidlagan