Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi.

Cover Image for Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi.

Sunʼiy intellekt sohasidagi etika bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi. Ushbu qaror 2024-yil 22-oktabr kuni Parij shahrida bo‘lib o‘tgan YUNESKO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan tashabbus doirasida bir ovozdan qabul qilindi.

Mukofot ikki yilda bir marotaba sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zalvorli loyihalarga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro hakamlar hayʼati tomonidan saralab olinadi va jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasi eʼtirofi ramzi sifatida pul mukofoti, sertifikat va medal bilan taqdirlanadi.

Ilk taqdirlash marosimi 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi, bu esa mazkur tashabbusning O‘zbekiston va xalqaro hamjamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ifodalaydi.