“SK Hynix” kompaniyasi sun’iy intellektga bo’lgan talab tufayli daromadga qaytganini ma’lum qildi

Cover Image for “SK Hynix” kompaniyasi sun’iy intellektga bo’lgan talab tufayli daromadga qaytganini ma’lum qildi

Dunyoda yirik xotira chiplari ishlab chiqarish bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan Janubiy Koreyaning “SK Hynix” kompaniyasi sun’iy intellektda ishlatiladigan chiplarga bo’lgan yuqori talab tufayli daromadga qaytganini ma’lum qildi.

Kompaniya vitse-prezidenti bergan ma’lumotlarga ko’ra, chip ishlab chiqaruvchisi 2024-yilda sun’iy intellektning xotira poydevoriga aylanadi va kompaniyaning tarixida yangi davr boshlanadi.

Ma’lumot o’rnida ta’kidlash joizki, “SK Hynix” Janubiy Koreyaning ikkinchi eng qimmat kompaniyasi hisoblanadi shuningdek, uning bozor kapitallashuvi 101 trillion vonni tashkil etadi.