Shaxzodbek Yetmishboyev Ma’murjon o‘g‘li 2000-yil 6-martda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tavallud topgan. Millati o‘zbek. Shaxzodbek Yetmishboyev 60 dan ortiq respublika va xalqaro tanlovlar ishtrokchisi va g’olibi hisoblanadi. 2019-2023-yillarda TATU Farg‘ona filialida dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakultetini imtiyozli diplomga tugatgan.
2023-yil 16-avgustdan Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot institutining biznes inkubator va akselerator sektori yetakchi mutaxassisi lavozimiga ishga qabul qilingan.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi stipendiyasi tanlovi 2021/2022 stipendiyasi g‘olibi.
2022-yilda Rossiya Federatsiyasining Tyumen shahrida oʻtkazilayotgan Yozgi universiteti hamda Yozgi maktabi granti sohibi.
2022-yilda Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish xalqaro fondi Ziyo Forum tomonidan o’tkazilgan O’zbekistonning “Top – 100 talaba lideri” klubi a’zosi.
2022-yilda Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan
“Odam savdosi – davr muammosi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi tanlovi 2-o‘rin sohibi.

2022-yilda UNICEF Xalqaro tashkilotining U-Report loyihasi O‘zbekistonda U-Report loyihasining Farg‘ona viloyati boshqaruvchisi.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun tashkil etilgan 46 soatlik maxsus masofaviy malaka oshirish kursi bitiruvchisi.
2022-yilda Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovi 1-o‘rin sohibi.

2022-yilda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan “Raqamli savodxonlik” onlayn tanlovi 1-o‘rin sohibi.
2022-yilda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Media va savodxonlik” onlayn tanlovi 1-o‘rin sohibi.
2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Andijon filiali tominidan tashkil etilgan “Vodiy Kelajak liderlari” forumi faol ishtirokchisi.
2022-yilda “American center Tashkent” tominidan tashkil etilgan “Introduction to Media Literacy” onlayn kursi bitiruvchisi.

2022-yilda “Skillfront onlayn” platformasi tomonidan tashkil etilgan “ISO/IEC 27001 INFORMATION SECURITY ASSOCIATE” onlayn kursi bitiruvchisi.
2022-yilda “Skillfront” onlayn platformasi tomonidan tashkil etilgan “Foundations of business and entrepreneurship” onlayn kursi bitiruvchisi.
2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “technoways” texnologik rivojlanish marafoni go‘libi.
2021-yilda Farg‘ona viloyat hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona filiali tomonidan tashkil etilgan “Kelajak liderlari” klubi a’zosi 20-35 yoshlar o’rtasida top-50 ro’yxat .

2021-yilda O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan tashkil etilgan BMTning “Fag‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi” Qo‘shma Dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi tomonidan 2021 yil noyabr-dekabr oylarida “Davlat xizmatchilari” yo‘nalishi tashkil etilgan 60 soatlik maxsus o‘quv kursi bitiruvchisi.
2021-yil City of Manchester center management tomonidan tashkil etilgan “CA2 – ITAnd Business” onlayn kursi bitiruvchisi.
2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan
“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining “Eng yaxshi infografika” nominatsiyasi tanlovi 2-o‘rin sohibi.
