Shavkat Mirziyoyev BAA vakili bilan sunʼiy intellekt va raqamlashtirish masalasini koʻrib chiqdi

Cover Image for Shavkat Mirziyoyev BAA vakili bilan sunʼiy intellekt va raqamlashtirish masalasini koʻrib chiqdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari boʻyicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuvda, yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi aniq loyiha hamda dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini roʻyobga chiqarish va boshqa masalalar koʻrib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari ushbu yoʻnalishlar boʻlajak oliy darajadagi ikki tomonlama sammit kun tartibining asosini tashkil etishi lozimligini qayd etgan.