Hindistonlik tadqiqotchilar guruhi tomonidan “Scispace” neyrotarmog’i namoyish qilindi. Mazkur neyrotarmoq foydalanuvchilarning savollariga ilmiy tadqiqotlar asosida javob beradi.
Neyrotarmoq kerakli mavzu bo’yicha maqolalarni tahlil qilib, ulardagi asosiy fikrlarni havolalar bilan birga taqdim qiladi. Shuningdek, neyrotarmoqda yana bir qancha qo’shimcha funksiyalar mavjud.