“Biology Methods & Protocols” jurnalining xabar berishicha, shifokorlar jamoasi bemorlarda saraton kasalligini aniqlash hamda unga tashxis qo’yish uchun sun’iy intellektga asoslangan model ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
“Mazkur model saraton kasalligi endi boshlanayotgan bemorlarga to’g’ri tashxis qo’yish imkonini beradi, natijada esa bemorlarga zaruriy muolaja qo’llanilib, ularning sog’ligi sezilarli darajada yaxshilanishi mumkin” deb, ta’kidladi “Oksford Akademik” gazetasining yetakchi muallifi Shamith Samarajiwa.
Ma’lumot o’rnida, saraton kasalligi dunyo bo’yicha keng tarqalgan kasallik turi bo’lib, har yili u 19 milliondan ortiq insonlarda aniqlanadi.